16 Mart 2023 yil 711

1000 AQSH dollari evaziga fuqaroning ism-sharifini oʻzgartirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

2023-yil 10-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda 2023-yil fevral oyi boshlarida qizini AQSHga yuborish uchun uning familiyasi va ismini oʻzgartirmoqchi boʻlib yurganida, oʻziga oldindan tanish boʻlgan “Z.D.” hozirgi kunda advokatlik faoliyati bilan shugʻulanayotganligini, mazkur masalani hal qilishda “O.” ismli hamkasbi ham yordam berishligini aytganligini, shundan soʻng fevral oyi oʻrtalarida ularning Samarqand shahrida joylashgan ofisiga borgan vaqtida, “O.” undan qizining tugʻilganlik guvohnomasini olib qolganligini, Z.D. qizining otasi roziligisiz familiyasi va ismini oʻzgartirish masalasini O. bilan birgalikda oʻzlarining tanishlarini moddiy manfaatdor etish orqali hal qilib berishini aytib, evaziga 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 10-mart kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Z.D. va O.lar ariza muallifidan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech