29 Iyun 2022 yil 371

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlari e’tirof etildi

27 iyun  Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlari e’tirof etildi

Samarqand viloyati IIBda 27 iyun  Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov, viloyatdagi bir guruh OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi.

Boshqarma boshlig‘i barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qo‘shayotgan hissalari qatori, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatlari alohida e’tirofga munosibligini ta’kidladi.

“Sizlar xalqimizning manfaati, kelajagini ko‘zlab amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini yoritishda, muhtaram Yurtboshimizning bildirgan yuksak ishonchlariga hamohang faoliyat yuritmoqdasiz”  dedi, Boshqarma boshlig‘i Rahmat Mamatov.

Tadbir so‘ngida, bir guruh soha vakillariga tashakkurnomalar topshirildi.

Text to speech