20 Sentyabr 2022 yil 404

Birovning shaxsiy hujjatlarini olib qoʻyib, tayoq bilan quvlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2022-yil 15-sentyabr kuni Urgut tumani IIBga, tumaning “Bogʻishamol” mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, arizasida unga 2022-yil 15-sentyabr kuni Fargʻona viloyatidan yuk kelganligini, olib kelingan yuklarini tushirib olish uchun “Urgut savdo kompleksi” MCHJning avtoturargohiga kelgan vaqtida, Urgut tumani “Chagʻzmon” mahallasida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan M.E. unga tegishli yukni pastga olib qoʻyib, oʻziga tegishli yuklarni tushirib olgan vaqtda ular oʻrtasida janjal yuzaga kelganligini, janjal davomida M.E. qoʻlida boʻlgan tayoq bilan uni urmoqchi boʻlgan vaqtida, u hodisa joyidan qochib ketganligini, shundan soʻng, M.E. uning avtomashinasi hujjatlari va kalitini olib qoʻyib, oʻzi bilan olib ketganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Holat yuzasidan janjalga aloqador shaxslardan tushuntirishlar olinib, M.E.dan jabrlanuvchiga tegishli transport vositasini roʻyhatga olish guvohnomasi va fuqarolik pasporti daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda M.E.ga nisbatan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech