25 Fevral 2023 yil 346

Gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasiga oʻrnatilgan gaz ballonida chaqnash sodir boʻldi

2023-yil 25-fevral kuni soat 11.00larda Samarqand shahar Hunarmandlar MFY Bedil koʻchasida joylashgan “Kamalak” MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida, shoxobcha ishchisi Pastdargʻom tumani Gulobod MFYda yashagan, 1980-y.t. M.Z., ushbu shoxobchaga siqilgan gaz quyish maqsadida kelgan haydovchi 1994-y.t. H.D. boshqaruvida boʻlgan Neksiya-3 rusumli avtomashinaga gaz quyayotganda, bagaj qismiga oʻrnatilgan gaz balonining yorilib ketishi natijasida chaqnash sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida MCHJ ishchisi M.Z. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech