25 Yanvar 2023 yil 2522

Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘lga qo‘yiladi

Ushbu qaror bilan 2023-yil yakuniga qadar mansab lavozimlarini yuqori ma’naviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan nomzodlar bilan to‘ldirishni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishning sifat jihatidan yangi, soddalashtirilgan tartibini o‘rnatish hamda “E-nomzod” elektron axborot tizimini yaratish belgilab o‘tildi.

Inson omilini istisno etish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni o‘tash qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda to‘liq raqamlashtirilib, nomzodlarni xizmatga tanlab olish tadbirlari quyidagi saralash va o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

- saralash bosqichi:

ro‘yxatdan o‘tish;
dastlabki o‘rganish;
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash;
test sinovi;
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

- o‘rganish bosqichi:

xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish.

Ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uch oylik boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan so‘ng tegishli lavozimga tayinlash yo‘lga qo‘yildi.

Ravshan Haydarov, IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari

Text to speech