25 Yanvar 2023 yil 695

Ichki ishlar organlarida xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarga nisbatan tayinlanadigan dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarori bilan ichki ishlar organlarida qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilanganligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati uchun juda muhim yangilik bo‘ldi.

Chunki bunga qadar ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan xodimlarga sinov muddati uch oy etib belgilangan edi hamda ichki ishlar organlari tizimiga yangi qabul qilingan xodimlar xizmatga qabul qilinin bir vaqtning o‘zida lavozimga tayinlar, o‘z navbatida ushbu qisqa muddatda belgilangan tartib va qoidalarga moslasha olmasdan sinov muddati davomida ishdan bo‘shashi holatlari tez-tez kuzatilar edi.

Ushbu qaror bilan ichki ishlar organlarida xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarga nisbatan tayinlanadigan dastlabki sinov muddatini bir yil etib belgilanib, ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uch oylik boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan so‘ng tegishli lavozimga tayinlanishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan nafaqat xizmatga yangi qabul qilingan xodimlar, balki ularning murabbiylarining ham mas’uliyati oshirilib, ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar dastlabki sinov muddati davrida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi qoida va talablarini buzgan holatlarda ularga biriktirilgan murabbiylar, aybdorlik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy jazoga tortilishi belgilandi.

O‘rnatilgan ushbu qoidalar ichki ishlar organlari tizimiga birinchi marta qabul qilingan xodimlarning xizmatga to‘liq moslashishlarini ta’minlab, kelgusida ularning xizmat faoliyatini olib borishida dasturilamal bo‘ladi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Olim Adilov, IIB Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash xizmati boshlig`i o`rinbosari

Text to speech