28 Fevral 2023 yil 457

Ichki ishlar organlarining 200dan ziyod xodimalarini Samarqandda birlashtirgan xotin-qizlar II-Respublika forumi yakunlandi

Samarqandda joriy yilning 27-28 fevral kunlari “Ayol - mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli” shiori ostidagi xotin-qizlar II-Respublika forumi yuqori saviyada o`tkazildi.

Forum Ichki ishlar vazirligining barcha hududiy boʻlinmalari hamda tarkibiy tuzilmalarining 200 nafardan ziyod xodimalarini birlashtirdi.

Samarqand shahridagi Nurafshon saroyida forumining tantanali taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Tadbirda Ichki ishlar vaziri o`rinbosari general-mayor A.I.Ikramov, Bosh vazir o`rinbosari Z.Mahkamova, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi "Ma`rifat" targ`botchilari jamiyati a`zosi J.Shermuhammedova hamda viloyat IIB boshlig`I polkovnik R.T.Mamatovlar ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda Ichki ishlar vaziri o`rinbosari general-mayor A.I.Ikramov nutq so`zlab, forum ishtirokchilarini samimiy qutladi. Vazir o`rinbosari o`z ma`ruzasida hozirda IIO saflarida 8 nafar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi”, xalqaro toifadagi sport ustasi, 23 nafar sport ustasi va 9 nafar sport ustaligiga nomzod, 4 nafar sport yoʻnalishi boʻyicha “Zulfiya” mukofoti olgan xotin-qizlar xizmat qilayotganligini, yaqinda – 10-fevral kuni Ostona shahrida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha X-Osiyo chempionatining beshkurash (60 metrga toʻsiqlar osha yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 800 metrga yugurish) bosqichida Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchisi kichik serjant Ekaterina Voronina ikkinchi bor oltin medalni qoʻlga kiritganini alohida ta`kidlab, xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlarni qayd etdi.

“Endilikda xotin-qizlarni xizmatida oʻsishlarini tizimli tashkil etish uchun mutlaqo yangi tartib asosida istiqbolli zaxira bazasi shakllantiriladi. Bir oy muddatda, zamonaviy bilimlarni egallagan, islohotlarga intiluvchan, tashabbuskor xotin-qizlarni seleksiya yoʻli bilan aniqlanadi va salohiyatli ayol kadrlar zaxirasi shakllantiriladi hamda tajribali rahbarlarga biriktiriladi. May oyidan boshlab, zaxiraga kiritilgan xotin-qizlar Malaka oshirish instituti va Akademik litseylar bazasida maxsus oʻquv dastur asosida xizmatdan ajratmagan holda oʻqitiladi. Yil davomida, 3 yildan ortiq xizmat qilgan oliy maʼlumotga ega safdor va serjantlar tarkibidagi xotin-qizlar ofitserlik lavozimlariga oʻtkazib boriladi” - dedi, general-mayor A.I.Ikramov.

Bosh vazir o`rinbosari Z.Mahkamova Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan ulkan imkoniyatlar to`grisida so`zladi.

Shundan so`ng, Forum doirasidagi tadbirlarda go`lib va sovrindor bo`lganlar taqdirlandi.

Fidoyi ayol koʻrik tanlovi g`oliblari:

3-oʻrin – mayor Karimova Zoxida Abdumalikovna (Namangan viloyati IIB);
2-oʻrin – podpolkovnik Sultanova Madina Maxkamovna (IIV);
1-oʻrin – mayor Yunusova Mohina Mavzuddinovna (Samarqand viloyati IIB);

Zakovat intellektual oʻyini g`oliblari :

3-oʻrin – Jizzax viloyati IIB xotin-qizlar jamoasi;
2-oʻrin – Toshkent viloyati IIB xotin-qizlar jamoasi;
1-oʻrin – Namangan viloyati IIB xotin-qizlar jamoasi;

Eng yaxshi kitobxon xodima tanlovi g`oliblari:

3-oʻrin – oddiy Askar Ortiqmatova Sevara Qodirali qizi (XAXTQQ);
2-oʻrin – mayor Amanova Baxtigul Rashidovna (Toshkent shahar IIBB);
1-oʻrin – katta serjant Shukurova Shaxnoza Mukumjanovna (IIV);

Shaxmat musobaqasi g`oliblari:

3-oʻrin – katta leytenant Xoʻjayava Nilufar Neʼmat qizi (IIV);
2-oʻrin – kapitan Sharapova Dilafruz Safarovna (Toshkent shahar IIBB);
1-oʻrin –leytenant Shokarimova Gulhayo Alijon qizi (Namangan viloyati IIB);

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug`i bilan Bosh vazir o`rinbosari Z.Mahkamova “Ichki ishlar organlariga ko`magi uchun” ko`krak nishoni bilan, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi "Ma`rifat" targ`botchilari jamiyati a`zosi Jamila Shermuhammedova “Ichki ishlar vazirining qo`l soati” bilan taqdirlandi.

Forum doirasida ichki ishlar organlari xodimalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ichki ishlar Vazirligining ijtimoiy-maishiy komissiya qaroriga muvofiq, 10 nafar ayollarga 90 million so`m miqdoridagi avtokreditlar, 7 nafar xodimalarga ssudalar va 3 nafar xodimalarga imtiyozli uy-joy ajratildi. Bundan tashqari, xizmat vazifalarini bajarish chog`ida halok bo`lgan 3 nafar xodimlarning onalariga dam olish maskanlariga yo`llanmalar berildi.

Shuning bilan xotin-qizlar II-Respublika forumini yakunlandi.

Kelasi yilda o`tkaziladigan forumga Buxoro viloyati mezbonlik qiladi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech