18 Yanvar 2023 yil 265

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘rganishlar olib bordi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayyor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 17-yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni o‘rgandi.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumani 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, shundan so‘ng, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuman xokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, aholini gaz, elektr va suv ta’minoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli korxona xodimlariga ko‘rsatmalar berildi.

So‘ng, vazir o‘rinbosari “Payshanba” dehqon bozori, qolipli non ishlab chiqarish sexi va tuman tibbiyot birlashmasidagi vaziyatni ko‘zdan kechirib, o‘zining zaruriy tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar oldi.

Text to speech