8 Yanvar 2023 yil 562

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Samarqand tumanida oʻrganishlar olib bordi  

 

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 8-yanvar kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi. Jumladan, tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, tuman ishchi guruhi faoliyati oʻrganildi hamda tumandagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Vazir oʻrinbosari tuman IIBga kelib shaxsiy tarkib bilan suhbatlashib, hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida yoʻriqnoma oʻtkazib, Samarqand tumani IIB maʼmuriy binosini koʻzdan kechirib, tegishli koʻrsatmalar berib oʻtdi.

Shundan soʻng, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuman hokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, axolini gaz, elektr va suv taʼminoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf eitsh yuzasidan tegishli korxona xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanning “Yangiariq” mahallasida joylashgan suyultirilgan gaz bilan taʼminlash shaxobachasi “SAM EXPRESS PETROL” xususiy korxonasiga borib, aholini suyultirilgan gaz balonlari bilan qay daraja taʼminlanganligini obdon oʻrganildi.

Shu bilan birga tuman Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasining “Shoshilinch qabul boʻlimi” hamda jarrohlik xonasiga ham tashrif buyurib, shifoxonadagi bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari “Xoʻja Ahrori Valiy” mahallasiga borib, arzonlashtirilgan yarmarkadagi narh-navolar bilan yaqindan tanishib, asossiz narxlarnin oshirmaslik hamda aniqlangan kamchiliqlar boʻyicha tuman sektor rahbarlariga alohida topshiriqlarni berdi.

Shundan soʻng, “Mironqul” mahallasiga borilib, mahalla fuqarolari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetkachisi, hokim yordamchisi va profilaktika inspektorlari bilan aholining muammolari yuzasidan suhbat oʻtkazib, mahallada yashovchi ijtimoiy koʻmakka muxtoj oilalar holidan xabar olindi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech