7 Sentyabr 2021 yil 1353

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi oʻqituvchilarni ishga taklif qiladi

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyiga bilim darajasi yuqori, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega pedagog xodimlar ishga taklif etiladi.

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida ishlash istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglar ishga taklif etiladi:
Pedagog xodimlar:
• ona tili va adabiyot;
• matematika (taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• jismoniy tarbiya;
• biologiya (taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• kimyo
• fizika (taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• geografiya (taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• huquqshunoslik (taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• ingliz tili;
• Ikkinchi xorijiy til (nemis va fransuz);
• Informatika va AT
• tarix (taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);

Professor-oʻqituvchilarga oʻrindoshlik asosida ishlash uchun sharoit yaratib beriladi.

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar +998979224684 yoki +998979275962 telefon raqamlariga murojaat qilishlari soʻraladi.

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyining manzili: Samarqand shahar, Maroqand koʻchasi, 46-uy

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi

Text to speech