11 Yanvar 2022 yil 66

IIV Samarqand akademik litseyida “Huquqshunoslik fanlarini oʻqitish metodikasi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi

“Oʻzbekiston Respublikasi oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar talaba-oʻquvchilarning qishqi taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan, joriy yilning 10-24-yanvar kunlari Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash, litsey oʻquvchilarining vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, raxbar va pedagog xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirish, oʻquv jarayonida yangicha tartibda ishlashga oʻrgatish hamda zamonaviy taʼlim berishni taʼminlash” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 7-yanvar kunidagi 2022-yil 2/2-23-sonli koʻrsatmasi ijrosini taʼminlash yuzasidan Samarqand akademik litseyida “Huquqshunoslik fanlarini oʻqitish metodikasi” mavzusida 2022-yil 11-yanvar kuni mahorat darsi oʻtkazildi.

Mazkur mahorat darsiga Samarqand Davlat Universitetining yuridik fakulteti oʻqituvchisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Z.O.Quvondiqov taklif etilib, akademik litseyi “Umumkasbiy fanlar” va “Maxsus fanlar” kafedralari professor oʻqituvchilariga amaliy mashgʻulot darsini oʻtdi.

Mahorat darsida kasbiy fanlar va maxsus fanlar professor- oʻqituvchilariga huquqiy fanlarni oʻqitish metodikasining oʻziga xos xususiyatlari, dars obektlarining har xilligini inobatga olib, dars mashgʻulotlari mazmuning bir biridan tubdan farq qilishligi, darsning mazmuni, mohiyati, yoʻnalishlarini belgilashda oʻqituvchining shaxsiy va pedagogik sifatlari, bilim darajasi, mahorati muhim oʻrin tutishligi, oʻquvchilarning huququiy savodxonligini oshirish, darslarda berilgan bilimlarni hayotiy hamda amaldagi tartib qoidalar va meʼyoriy normalar bilan bevosita bogʻliq boʻlishligini tushintirib oʻtdi.

Shuningdek huquqiy fanlarga doir normativ- huquqiy hujjatlar hamda qonunchilikda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

IIV Samarqand akademik litseyi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech