31 Avgust 2021 yil 635

Jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga tergovchiga 3 ming AQSH dollarini pora tariqasida bermoqchi boʻlgan ayolning “rejasi” amalga oshmadi

2021-yil 30-iyul kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Bogʻdod koʻchasida yashovchi, 1976-yilda tugʻilgan S.Sh. yashash xonadonida fohishaxona tashkil etganligi aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

S.Sh. qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 3-son IIB Tergov boʻlinmasi tergovchisi yoniga kelib, uni ishini pul evaziga ijobiy tomondan hal qilib berishini soʻrab, 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodim unga pora berish jinoyat ekanligini bir necha marotaba tushuntirishiga qaramay, S.Sh. 28-avgust kuni 3.000 AQSH dollarini berish uchun kelishini aytib ketgan.

Holat yuzasidan tergovchi IIB boshligʻi nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan, 28-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB hududiy boʻlinmalari Samarqand viloyat boʻyicha boshqarmasi hamda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, fuqaro S.Sh. tergovchiga 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech