4 Mart 2023 yil 631

Inspektor-psixologlar faoliyati tahliliy muhokama qilindi

Viloyatda voyaga yetmaganlar, yoshlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha xizmat olib boraytgan inspektor-psixologlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xizmat intizomi ijrochilik intizomiga rioya etish boʻyicha viloyat rahbariyati huzurida yigʻilish oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021-yildagi PQ-5050-sonli Qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida har bir oʻquvchi kesimida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda boʻlish hissini shakllantirish, muammoli oʻquvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash boʻyicha ichki ishlar organlari tizimida voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog shtat birligi tashkil etildi.

Viloyat miqyosida jami 239 nafar inspektor-psixologlar shtat birligi mavjud. Ular tomonidan 2023-yil oʻtgan 3 oyi davomida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida, xulqida oʻzgarishi boʻlib darsga kelmagan 398 nafar, oʻqituvchiga nisbatan mensimaslik harakatlarini sodir qilgan 10 nafar, noqonuniy jismlar olib yurganligi uchun 128 nafar, oʻquvchilar bilan janjallashgan 196 nafar, pornografik mahsulotlar saqlaganligi uchun 13 nafar, shuningdek zoʻravonlik yoki shavqatsizlikni targʻib etuvchi materiallar saqlagan 29 nafar, jami 426 nafar voyaga yetmagan oʻquvchilarning roʻyxatlari shaklantirilib, ushbu shakllantirilgan roʻyxatlar asosida oʻquvchilarning yashash sharoitlari oʻrganildi.

Olib borilgan profilaktik ishlar davomida, 5116 nafar tarbiyasi ogʻir boʻlgan bolalarning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, 865 nafar oʻquvchi bolalarning ota-onalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik choralari koʻrildi.

Biroq, olib borilgan profilaktik ishlarga qaramasdan 2023-yilning oʻtgan 2 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan jami 9 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ushbu jinoyatlarning tarkibida qotillik, avtomashina olib qochish, oʻgʻirlik, qalbaki pul yasash kabi oʻta ogʻir jinoyatlar turlari sodir etilishiga yoʻl qoʻyilganligi tanqid ostida gupirilib oʻtildi.

Ushbu muhokamada viloyat JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari mayor F.Sattorovning inspektor-psixologlar xizmatda foydalanishlari uchun “uslubiy qoʻllanma” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.

Hulqida oʻzgarishi bor voyaga yetmaganlarni aniqlash ular bilan profilaktik ishlash tashkillashtirish boʻyicha mutaxassis amaliyotchi psixolog Ziyodullayeva Zilola Ubaydullayevna soʻzga chiqib “Ijtimoiy himoyaga muxtoj oʻquvchilar bilan ishlash” mavzusida maʼruza qilib, inspektor-psixologlar bilan savol javob tarzda suhbat oʻtkazib oʻz bilimlarini oʻrtoqlashdi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech