6 Avgust 2020 yil 255

Jomboyning 3-sektorida hayrli tadbirlar davom etmoqda.

Jomboy tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari tumanning Olmazor mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punkti hamda tez tibbiy yordam shaxobchasi faoliyati bilan tanishdi.

Tibbiy muassasalarda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, muammo va kamchiliklar o‘rganilib, bartaraf etish choralari belgilandi.

Shuningdek, Qarapchi qishlog‘ida yashovchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

Maʼlumot uchun, ushbu hududda istiqomat qiluvchi Shodiyevlar oilasi ko‘p yillardan beri taʼmirtalab uyda yashab kelgan. Ularning ijtimoiy holati o‘rganilib, yangi uy-joy qurishda 3-sektor vakillari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hususan, fuqaro S.Boboyevaga sog‘ligi uchun zaruriy dori-darmonlar yetkazib berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech