6 Sentyabr 2021 yil 457

Mast holatda kelib IIB hodimlari faoliyatiga asossiz aralashib, ularga faol qarshilik koʻrsatgan shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda IIB xodimlari va fuqarolar oʻrtasida janjal sodir boʻldi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan maʼlumot

Mast holatda kelib IIB hodimlari faoliyatiga asossiz aralashib, ularga faol qarshilik koʻrsatgan shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi

2021-yilning 8-avgust kuni soat 23:45lar atrofida Samarqand shahar Goʻroʻgʻli koʻchasida tungi xizmatni olib borayotgan hodimlar yoniga, shu koʻchada yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, jamiyatda oʻrnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.

Fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borish davomida, u xodimlarga faol qarshilik koʻrsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qoʻshilib uni qoʻyvorishlarini soʻragan.

Holat qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, D.Muhiddinga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Fuqaroning harakatlariga nisbatan sud organlari tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi.

Saamarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech