12 Yanvar 2022 yil 445

Pastdargʻom tumani IIB xodimlari uchun Samarqand shahridagi “Vatanparvarlik bogʻi”da maʼrifat darsi oʻtkazildi

XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JONDIR!

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Tarix sahnida oʻttiz yil unchalik koʻp vaqtni anglatmas, balki, lekin uning ortida ogʻir va sinovli yillarda bir davlatning oʻz milliy armiyasi tashkil topishi, takomillashuvi va yurt sarhadlarini ishonchli himoya qilayotgan qudratli Qurolli Kuchlariga aylanishidek vaqt mujassam.

Soʻnggi yillarda barcha jabhalarda boʻlgani kabi, harbiy sohada ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bularning hammasi Milliy armiyamizga boʻlgan eʼtibor, uni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hosilasidir.

Pastdargʻom tumani IIB xodimlari uchun navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi Samarqand shahridagi “Vatanparvarlik bogʻi”da tashkil etildi.

Koʻrgazmali tashkil etilgan oʻquv soatidan xodimlar ulkan taassurot va bilimlarga ega boʻlishdi.

Pastargʻom tumani IIB

Text to speech