13 Iyul 2022 yil 554

Pastdarg‘om tumani IIBda ikkinchi chorak yakuni sarhisob qilindi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari -IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muzaffar Raxmatullayev tomonidan joriy yilning ikkinchi choragi davomida Pastdarg‘om tumani IIBda amalga 
oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. 

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari tumanda oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar profilaktikasini lozim darajada olib bormagan qator rahbar va 
xodimlarning faoliyatini tanqidiy baholadi. Tumanda og‘ir hamda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishi kamaygan bo‘lsa ham firibgarlik jinoyati ko‘payganligi tahlillar 
va aniq misollar yordamida ko‘rsatildi.

Shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondoshib, hududida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan profilaktika inspektorlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Yig‘ilishdan so‘ng, qizil toifadagi hududlar qatorida bo‘lgan tumanning Chandirobod MFY ga borilib, mahalla faollari ishtirokida jinoyatlar muhokama qilinib, hudud 
profilaktika inspektoriga yaqindan ko‘mak berish bo‘yicha choralar belgilandi.

Text to speech