2 Dekabr 2021 yil 419

PPX xodimlari tomonidan pirotexnika olib ketayotgan shaxs aniqlandi

Samarqand shahri hududida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz tun” tezkor profilaktik tadbiri davomida Samarqand shahrining Roʻdakiy, Beruniy, Gagarin koʻchalarida avtopatrullik yoʻnalishini olib borayotgan viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan Oqdaryo tumani Arpa maxallasida yashovchi F.X. toʻxtatilib tekshirilganda, noqonuniy ravishda jami 3600 dona pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech