5 Yanvar 2022 yil 1579

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlarining VOYAGA YETMAGANLAR MASALALARI BOʻYICHA INSPEKTOR-PSIXOLOGI (OFITSERLIK) lavozimlariga nomzodlar tanlovi eʼlon qilinadi !!!

Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari Samarqand viloyati IIBda 2022-yil 06-yanvar kunidan 15-yanvar kuniga qadar, shu jumladan 15-yanvar kuni ham soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Belgilangan vaqtdan soʻng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi toʻxtatiladi !!!

Xizmatga qabul qilish boʻyicha qoʻyilgan talablar:

Samarqand viloyati hududida doimiy roʻyhatda turuvchi, yoshi 18 dan kichik va 35 yoshdan katta boʻlmagan, oliy maʼlumotga ega boʻlishi bilan birga taʼlim yoʻnalishining PSIXOLOG mutaxassisligiga ega boʻlishi, harbiy xizmatni oʻtagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlar oʻzlari bilan taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarni (fuqarolik pasporti, diplom va ilova, harbiy guvohnomasi, mehnat daftarchasi (agar boʻlsa) va hududiy poliklinikalardan sogʻligʻi holati boʻyicha berilgan tibbiy maʼlumotnoma F-086) aslini olib kelishlari shart.

Tanlovlar nomzodning xohishiga koʻra qoraqalpoq, rus va davlat tillarida oʻtkaziladi.

Murojaat uchun telefon: (66) 223-59-41, (66) 223-59-39.

Samarqand viloyati IIB Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech