12 Aprel 2022 yil 440

Samarqandda “Maʼnaviyat oyligi” doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda

2022-yil 2-apreldan 2-maygacha barcha Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʻtkazilmoqda. Oylik doirasida Samarqandv viloyati IIO lari xodimlari oʻrtasida turli mushoiralar, viktorinalar, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, kitobxonlik kechalari, tarixiy va maʼrifiy maskanlarga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Shu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tumanlari IIB (IIO FMB)larida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Kecha barcha shahar-tuman IIB (IIO FMB)larida xizmat qilayotgan xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual bellashuvining hududiy bosqichlari oʻtkazilib, gʻolib jamoalar viloyat bosqichiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi. Oqdaryo tumanida esa xodimlar uchun tuman kutubxonasida kitobxonlik kechasi tashkil etildi. Qoʻshrabod tumani IIB xodimlari uchun esa baxshichilik sanʼati namoyondasi Ergash Jumanbulbulning uy muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Bu kabi maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech