21 Sentyabr 2021 yil 516

Samarqandda prokuratura va IIB hamkorligida guruhlar tuzilib, tungi vaqtlarda internet klublari va kompyuter oʻyin xonalarida yurgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik tadbirlar olib borildi  

Samarqand viloyat hamda shahar prokuraturasi va Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB xodimlari hamkorligida shahar hududida joylashgan internet klublari va kompyuter oʻyin xonalarida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida, tungi reydlar tashkil etildi.

Reydlar davomida, Samarqand shahardagi 31 ta internet klublari va kompyuter oʻyinlari xonalarida tekshiruvlar oʻtkazilib, tungi vaqtda nazoratsiz va qarovsiz yurgan 17 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan, aniqlangan kompyuter xonalari egalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1882-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsning koʻngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyish) bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tadbir jarayonida jinoyat va xuquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi boʻyicha fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech