18 Noyabr 2022 yil 1632

Samarqand tumanida sodir boʻlgan mudhish holat muhokama qilindi

2022-yil 03-noyabr kuni Samarqand tumani “Jarqishloq” mahallasida yashovchi 1996-yilda tugʻilgan Q.A. qaynonasi bilan oʻrtalarida kelib chiqqan oilaviy kelishmovchilik natijasida unga “achchiq qilib”, oʻzini 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Dargʻom kanaliga tashlab yuborgan. Tumanning Yangiariq mahallasida joylashgan “Oq-amur” nomli oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan ular suvdan chiqarib olingan.

Afsuski fuqaroning ikki nafar farzandi vafot etgan. Oʻzi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarkand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ayanchli hodisa viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Atrofimizdagi voqealarga eʼtiborsizmiz, tomoshabin boʻlib turishdan voz kechish lozim. Mahalla faollari ishlasin. Har bir xonadonga kirib borish, ulardagi maʼnaviy muhitni oʻrganish zarur. Nuroniylarning rolini oshirish ,ularning ibratli pand nasihatlarini keng targʻib etish kerak, - dedi boshqarma boshligʻi.

Mahalla mutasaddilari faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, xonadonbay ishlash, nizoli, janjalli xonadonlar, turmush oʻrtogʻi xorijda boʻlgan oilalar bilan muntazam suhbatlar olib borish, nazoratni yoʻlga qoʻyish borasida tushunchalar berildi.

Text to speech