4 Yanvar 2023 yil 244

Samarqand tumanida sodir boʻlgan YTHda ikki nafar piyoda vafot etdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

2023-yil 1-yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Joʻraqulov koʻchasida “AUDI” rusumli avtomashinasi oldiga oʻzi bilan bir yoʻnalishda ketayotgan ikki nafar piyodalarning yugurib chiqishi natijasida haydovchi B.U. ularni urib yuborib yoʻl transport hodisasi sodir qilgan.

YTH oqibatida piyodalar vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK-266 moddasi 3-qismi "a" bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech