5 Iyul 2022 yil 917

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi !!!

Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari 2022 yil 18 iyul kunidan 28 iyul kuniga qadar, shu jumladan
28 iyul kuni ham qabul qilinadi. Belgilangan vaqtdan so‘ng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi to‘xtatiladi !!!

Bo‘sh lavozimlardan kelib chiqqan holda mazkur sohaga jami 46 nafar fuqarolar ofitserlik lavozimlariga qabul qilinadi.

Xizmatga qabul qilish parametrlari:

Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, oliy ta’lim muassasalarining “psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- yaqin qarindoshlari (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar,
opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari,
opa-singillari) biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
- nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-ma’lumotnoma;
- harbiy guvohnoma;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi lavozimiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar belgilangan kunlarda soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga kelishlari so‘raladi.

Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi.
Murojaat uchun telefon 66-223-59-41; 66-223-59-39.

Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech