26 Aprel 2023 yil 440

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora – tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–10-son qaroriga muvofiq, Ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tizimli ravishda amalga oshirish va jamoatchilik bilan hamjihatlik ruhida ishlashni taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 11-mart kunidagi Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 122-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Jamoatchilik kengashi tuzildi.

Tadbirda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari polkovnik F.Raxmatov soʻzga chiqib, Jamoatchilik kengashi faoliyati tashkil etilishi, Ichki ishlar organlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim vosita boʻlib xizmat qilishi, shuningdek, har bir xodimda oʻz ishiga masʼuliyat ortishi yurtga daxldorlik tuygʻusi shakllanishiga asos boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim kengash tarkibida OAV vakillari bilan bir qatorda fan va madaniyat, nodavlat tashkilot vakillari, professor ustozlar, hamda tizim faxriylari ham oʻrin olgan.

Shuningdek, kengash nizomi, aʼzolarning vakolatlari toʻliq tushuntirilib oʻtildi.

Kengash raisligiga IIO faxriysi Sh.Saʼdullayev, oʻrinbosari etib, jurnalist Toshpoʻlat Raxmatullayev saylangan boʻlsa, kotib sifatida IIB matbuot kotibi Jaxongir Sagdullayev faoliyat koʻrsatishi belgilandi.

Bir soʻz bilan aytganda kengash Ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlardan xalqimizni tezkorlik bilan xabardor qilishda, tizim imijini oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech