10 Noyabr 2022 yil 5812

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida mavjud boʼsh boʼlgan profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar masalalari boʼyicha inspektor lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida quyidagi mavjud boʼsh boʼlgan lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi:

1) viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida boʼsh boʼlgan profilaktika inspektori lavozimlariga oliy maʼlumotga ega, tarix, milliy istiqlol gʼoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari hamda yurisprudentsiya yoʼnalishlari boʼyicha hamda oliy maʼlumotga ega boʼlgan profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchilari shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʼligʼining holati va jismoniy tayyorgarligi boʼyicha ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, Samarqand viloyati hududida doimiy roʼyxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta boʼlmagan, boʼyi 165 sm.dan kam boʼlmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni oʼtagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

2) viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida boʼsh boʼlgan xotin-qizlar masalalari boʼyicha inspektori lavozimlariga ixtiyoriy tartibda yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta boʼlmagan, shu jumladan oʼttiz yoshdagi ham, Samarqand viloyatida doimiy roʼyxatda turuvchi, tegishli oliy maʼlumotga ega boʼlgan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʼligʼining holati va jismoniy tayyorgarligi boʼyicha ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, boʼyi 160 santimetrdan past boʼlmagan ayollar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

-yaqin qarindoshlari (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

- oʼqish va ish (agar oʼqiyotgan yoki ishlayotgan boʼlsa) joyidan tavsifnoma;

- nomzod tomonidan qoʼlda yoki kompьyuterda yozilgan tarjimai hol;

- anketa-maʼlumotnoma;

- harbiy guvohnoma;

- doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sogʼligʼining holati haqida maʼlumotnoma (boʼyining balandligi boʼyicha antropometrik parametri koʼrsatilgan holda).

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining boʼsh boʼlgan lavozimlariga ishga kirish istagida boʼlgan nomzodlar joriy yilning 1 dekabrdan 10 dekabr kuniga qadar Samarqand viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida koʼrsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari soʼraladi.

2022 yilning 1 dekabr kunidan oldin yoki 10 dekabr kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.

Tanlovlar nomzodning xohishiga koʼra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida oʼtkaziladi.

Murojaat uchun telefon 66-223-59-41; 66-223-52-63.

Samarqand viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech