2 Oktyabr 2021 yil 693

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan “Ichki ishlar vaziri stipendiyasi” va “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan o‘quvchilarga mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, IIV Samarqand akademik litseyning 4 nafar o‘quvchilari “Ichki ishlar vaziri stipendiyasi” bilan 4 nafari esa,O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Samarqand viloyati IIBda mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat IIB boshlig‘i akademik litsey o‘quvchilarini ushbu yutuqlar bilan tabriklab, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va ularga yaratib berilayotgan sharoitlar xususida to‘xtaldi. Prezidentimizning o‘tgan yili O‘zbekiston yoshlari forumida “Ilm va bilim – o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!”, deya aytgan so‘zlarini yoshlarga yana bir-bor eslatib, ko‘proq ilm olish, o‘z ustilarida ishlash yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib bo‘lishlari lozimligini taʼkidladi.

Tadbirda mukofotlangan yoshlar ham so‘zga chiqib, ularga bildirilgan ishonch, berilgan imkoniyatlarga munosib bo‘lib, kelgusida yurt ravnaqi, vatan taraqqiyotiga o‘zlarining hissalarini qo‘shishlarini aytib o‘tishdi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

  

Text to speech