19 May 2023 yil 444

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida “Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Bugun Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov huzurida qator masalalar muhokama qilindi.

Xususan, yaqinlashib kelayotgan “Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlari hamda yozgi bolalar oromgohlarida jamoat tartibini saqlash masalalari muhokama markazida boʻldi.

“Joylardagi IIB rahbarlari qolgan sektor raxbarlari bilan hamkorlikda oromgohlarga olib boruvchi yoʻllarni toʻliq taʼmirlash ishlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin. Bolalarni oromgohlarga faqat YPX patrul avtomobili kuzatuvi ostida, texnik soz (YHXB tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganidan soʻng) avtobuslarda olib borilishi alohida nazoratga olinsin.” – dedi Boshqarma boshligʻi.

Shuningdek, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari vaqtida jamoat tartibi, fuqarolar hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masʼuliyatli vazifalar yuklatildi.
Oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda bezorilik yoki boshqa turdagi noxush holatlarni sodir etish ehtimoliga yoʻl qoʻyilmaslik lozimligi taʼkidlandi.

Hududlardagi bevosita yoʻl chetida joylashgan maktablar oldida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida YPX inspektorlari biriktirilishi, maktablarning joylashgan joyiga qarab transport vositalarining harakatini cheklash, imkon qadar oʻsha kuni barchaga jamoat transportida harakatlanishi boʻyicha tavsiya berish, choʻmilish havfzalari alohida nazoratga olinishi, anhor, kanal va choʻmilish xavfzalarida choʻkish holatlarini oldini olish maqsadida targʻibot ishlari olib borilishi belgilandi.

Barcha MFYlardagi 5 talik (MFY raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va ayollar boʻyicha maslahatchi) toʻliq hududidagi maktablarga borishi, ushbu tadbirlarda ishtirok etishi va unga “bosh-qosh” boʻlishi lozimligi, joylarda maktab maʼmuriyati oʻzboshimchalik bilan bolalarning ota-onalari bilan kelishib, dabdababozlik, restoran, choyxona qilmasligi taʼkidlandi.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini davom ettirish maqsadida yarim tungacha istirohat bogʻilarida yurishi, spirtli ichimlik isteʼmol qilishini oldini olish choralari koʻrilishi, shu bilan birga, bogʻcha bolalari uchun ham “Xayr bogʻcha – Salom maktab” tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularning xavfsizligi ham nazoratda boʻlishi taʼminlanadi.

“Joriy yil 1-iyun “Xalqaro bolalar kuni” bayrami davrida ham xavfsizlik choralari xuddi yuqorida belgilangan tartibda boʻlishi nazoratga olinsin. Istirohat bogʻlari atrofida IIO va MG xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash choralari koʻrilsin. Shuningdek, oxirgi paytlarda bogʻlardagi attraksionlar bilan bogʻliq noxush holatlar koʻp sodir boʻlayotganligini inobatga olgan holda attraksionlar egalari bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyilsin.” – deydi Boshqarma boshligʻi.

Text to speech