8 Yanvar 2022 yil 1084

Samarqand viloyati IIB va DXX hamkorligida Jomboy tumanida yer sotish bilan bogʻliq korrupsion holatga chek qoʻyildi

Samarqand viloyat IIB boshligʻi nomiga Samarqand tumani Qaynama mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Jomboy tumani Qoraki qishlogʻida yashovchi, 1999-y.t. B.N. Jomboy tumani Koramoʻyin mahallasi Qoraki kishlogʻidagi tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 0,25 gektar boʻsh yer maydonni jami 23.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tuman kadastr xizmatida ishlovchi “J” ismli shaxs orqali ushbu yer maydonni tuman kadastr boʻlimidagi kompyuter bazasiga unga tegishli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritib berish uchun, ariza muallifidan 1000 AQSH dollari va jami 24.000 AQSH dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganligi maʼlum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 07-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Jomboy tumanida tezkor tadbir oʻtkazilib, B.N. va Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Jomboy tuman filialida ishlovchi Oʻ.J.lar ariza muallifidan 24.000 AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech