4 Yanvar 2022 yil 895

Samarqand viloyati IIB YHXB tizimida mobil radarlar oʻrnatilgan avtomashinalar xizmat qilmoqda

Bugungi kunda, Samarqand viloyati IIB YHXBga xizmatda foydalanish uchun “ATLAS International” HK dan 5 (besh) dona mobil radarlar oʻrnatilib, maxsus jihozlangan “Kobalt” rusumli avtomashinalari ajratildi.

Ushbu mobil radar mashinalarini boshqarish uchun Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Yoʻl-patrul xizmati otryadi mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operator” lavozimiga 15 nafar nomzodlar tanlab olindi.

Mobil radarlar YHXB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl patrul xizmati naryadlarini joylashtirish Qaydnomasi”ga asosan belgilangan yoʻl hududlarida xizmat olib boradi.

YHXB rahbariyati tomonidan berilgan qoʻshimcha qoʻrsatmalarga asosan vaqti-vaqti bilan yoʻl hududlarida mobil radar oʻrnatilgan avtomashinalarni joylashuvini oʻzgartirib xizmat olib boradi.

Ushbu radarlar asosan viloyatning eng koʻp yoʻl transoprt hodisalari sodir boʻladigan hududlari (“avariya oʻchoqlari”) da, haydovchilarni tezlik meʼyorlariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.

Qoidalarga rioya qiling! Tezlikni meʼyoridan oshirmang!

Samarqand viloyati IIB YHXB

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech