4 Aprel 2022 yil 591

Samarqand viloyatining 9 ta shahar-tumanlari hududida tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, joriy yilning 28-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi boʻlimi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyatning 9 ta shahar-tumanlari (Samarqand sh., Kattaqoʻrgʻon sh., Bulungʻur t., Ishtixon t.,Kattaqoʻrgʻon t., Narpay t., Payariq t., Samarqand t., Toyloq t., hamda Urgut t.) hududida tezkor-profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida:

– 3 dona ov quroli;
– 4 dona pnevmatik miltiq;
– 2 dona PR-73 rezina tayoq (dubinka);
– 27 dona bita;
– 1 dona elektroshok;
– 22 dona taqiqlangan diniy mazmundagi adabiyotlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Aniqlangan holatlar:

– 120 dona taqiqlangan diniy mazmundagi varaqalar ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi.
– 7 ta giyohvanlik vositalarining (20 gramm “marixuana”, 0,13 gr “Geroin”, 1 gugurt qitisida marixuana urugʻi, 14 dona “Regopen” va 21 dona “Lirika”) noqonuniy muomalasi;
– 6 ta qoʻlbola usulda yasalgan Juvoz (800 kg. yogʻ, 150 kg. chigit) noqonuniy muomalasi;
– 2 dona tosh maydalashga moʻljallangan uskuna (tegirmon);
– 5 qop ruda toshlari; (har biri 40 kg.dan 4 qopi maydalangan tosh zarralari )
– 4 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi;
– 32 nafar shaxslar maʼmuriy qamoqqa olingan.

Text to speech