4 Dekabr 2021 yil 424

Samarqandda "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida o`tkazilgan sport musobaqalari go`liblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 09 noyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi talablari asosida joriy yilning 01-03 dekabr kunlari Samarqand viloyati Toyloq, Samarqand va Urgut tumani IIBlar sportning “Stol tennisi”, “Shaxmat” va “Mini futbol” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Keskin va murosasiz baxslar natijalariga ko‘ra g‘alaba qozongan jamoalar va xodimlar aniqlandi.

Musoboqada, sportning shaxmat turi bo‘yicha:

3-o‘rinni Samarqand tumani IIB xodimi Mirsaidov Zafarjon San’atovich;

2-o‘rinni Urgut tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Qurbonov Oybek Toxirovich va faxrli 1-o‘rinni Toyloq tumani IIB xodimi Qobilov Zafarjon Abduqayumovichlar taqdirlandi.

Sportning “Stol tennisi bo‘yicha”:

3-o‘rinni Toyloq tumani IIB xodimi Jumaev Anvar O‘tkirovich;

2-o‘rinni Urgut tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Ubaydov Muxiddin Mo‘min o‘g‘li va faxrli 1-o‘rinni Samarqand tumani IIB xodimi Amriddinov G‘ayrat Shamsiddinovichlar taqdirlandi.

Sportning “Mini futbol” bo‘yicha:

3-o‘rinni Urgut tumani Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi;

2-o‘rinni Toyloq tumani IIB terma jamoasi va faxrli 1-o‘rinni Samarqand tumani IIB terma jamoasi taqdirlandi.

Musobaqa so‘ngida ishtirokchilarga “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”da faol ishtirok etganliklari uchun Samarqand viloyati, Urgut tumani Ichki ishlar boshqarmalari, Toyloq va Samarqand tumani Ichki ishlar bo‘limlari rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirildi.

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” davom etmoqda.

Text to speech