23 Iyul 2022 yil 295

Samarqandda katta miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, IIB JQB hamda Departamentning viloyat boshqarmasi hamkorligida 
“Jo‘ysoy” MFY da tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani “X.Olimjon” MFYda yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan D.N., Samarqand shahrida 
vaqtinchalik istiqomat qilayotgan Moldova Respublikasi fuqarosi, P.I. ga “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir etuvchi dori 
vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Samarqand shahar “Namozgoh” MFYda joylashgan dorixonada voyaga yetmagan shaxs, 
ariza muallifi D.P.ga 28 dona “Galara” nomli va 5 (besh) yelim ampuladagi “MIDEX” (tropikamid) nomli kuchli ta’sir 
etuvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu dorixona ko‘zdan kechirish davomida, MCHJ rahbari, 1998 yilda tug‘ilgan, Nurobod tumani “Olga” qishlog‘ida yashovchi 
S.A. ga tegishli bo‘lgan 6698 dona “Gallara” nomli dori vositalari, 87 dona “MIDEX” (tropikamid) nomli va 150 
“MYDRIMAX” (tropikamid) nomli dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanib kelinayotganligi aniqlanib, 
tekshirib ko‘rish uchun olindi.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech