1 Iyul 2022 yil 431

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 5000 AQSH dollari olgan institut bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, jiyani S.ni o‘qishga kirishi uchun hujjat topshirish tartibi bilan tanishib yurgan vaqtida, 
Samarqand davlat arxitekturaqurilish instituti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i bilan tanishib qolganligini, ushbu shaxs uning ishonchiga kirib, jiyanini dizayn fakultetiga o‘qishga 
joylashtirib qo‘yishini aytib, evaziga 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 01 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati 
boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.V. ariza muallifidan talab qilgan 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida 
ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech