9 Sentyabr 2021 yil 753

“Siyob” dehqon bozorida sotuvchilar oʻrtasida kelishmovchilik sodir boʻldi

“Siyob” dehqon bozorida sotuvchilar oʻrtasida kelishmovchilik sodir boʻldi

2021-yil 05-sentyabr kuni Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida savdo qiluvchi sotuvchilar savdo joyiga talashib, bir-birini haqorat qilishgan.

Natijada ular oʻrtasida janjal yuzaga kelib, bir nechta sotuvchilar bir-birini urgan. Hodisa joyiga IIB xodimlari zudlik bilan yetib borib, kelishmovchilikni bartaraf etib, janjal ishtirokchilariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech