20 Oktyabr 2022 yil 346

Urgut tumanidagi umumtaʼlim maktabida yuz bergan holat muhokama etildi

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Urgut tumani sektor rahbarlari tomonidar Sanchiqul mahallasidagi 61 umumtaʼlim maktabida maktab direktori tomonidan oʻquvchiga nisbatan kuch ishlatilganlik holati muhokama qilindi.

Tuman hokimi B.Jabborov soʻzga chiqib, oʻquvchilarni har jihatdan yetuk va barkamol, yurt kelajagiga munosib yuksak maʼnaviyatli, keng tafakkur egalari sifatida kamol topishi uchun bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik lozimligini taʼkidladi.

Mazkur holatni sodir etilishida yoʻl qoʻyilgan shart-sharoitlar, tuman sektor rahbarlari tomonidan batafsil muhokama etilib, masʼullar qattiq ogohlantirildi.

Text to speech